«2024-yilda vafot etganlar» tegli maqolalar


Xotira: 2024-yilda vafot etgan taniqli o‘zbekistonliklar
1 yanvar 2025, 18:41

Xotira: 2024-yilda vafot etgan taniqli o‘zbekistonliklar

2024-yilda vafot etgan jamoat arbobi Kamola Mahmudova, bosh vazir o‘rinbosari Erkin Samandar, akademik Behzod Yo‘ldoshev, “Boysun madonnasi"ni chizgan Vladimir Burmakin, xalq artistlari To‘lqin Tojiyev va Shafoat Rahmatullayeva, xonanda Bobomurod Hamdamov, bastakor Musaxon Nurmatov va boshqalarni xotirlaymiz.

Andijon viloyati hokimi o‘rinbosari Avazbek Ergashev vafot etdi
27 dekabr 2024, 09:37

Andijon viloyati hokimi o‘rinbosari Avazbek Ergashev vafot etdi

Andijon viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Avazbek Ergashev 58 yoshida vafot etdi. U Qo‘rg‘ontepa tumani hokimi, Sirdaryo viloyati hokimi o‘rinbosari kabi lavozimlarda ham ishlagan.

O‘zbekiston xalq artisti Shafoat Rahmatullayeva vafot etdi
24 dekabr 2024, 09:19

O‘zbekiston xalq artisti Shafoat Rahmatullayeva vafot etdi

O‘zbekiston xalq artisti, teatr va kino aktrisasi Shafoat Rahmatullayeva 83 yoshda vafot etdi. U “Masxaraboz”, “Sevginator”, “Sehrli qalpoqcha” kabi filmlar va ko‘plab spektakllarda rol o‘ynagan.

O‘zbekiston xalq artisti To‘lqin Tojiyev vafot etdi
13 dekabr 2024, 17:41

O‘zbekiston xalq artisti To‘lqin Tojiyev vafot etdi

O‘zbekiston xalq artisti, dublyaj san’ati ustasi va aktyor To‘lqin Tojiyev 88 yoshida vafot etdi. U “Ivan Vasilevich kasbini o‘zgartiradi”, “Fillar mening do‘stlarim”, “Avtomobildan saqlaning” kabi filmlarga ovoz bergan va ko‘plab kinolarda rol ijro etgan.

Yozuvchi Mahkam Mahmudov 84 yoshda vafot etdi
13 dekabr 2024, 11:40

Yozuvchi Mahkam Mahmudov 84 yoshda vafot etdi

Filologiya fanlari nomzodi, adabiyotshunos va yozuvchi Mahkam Mahmudov 84 yoshda vafot etdi. Adib “Abadiyat lahzalari”, “Men — men emasman”, “Mangu kuy izlab” singari asarlar yozgan. Adabiyot oldidagi xizmatlari uchun unga “El-yurt hurmati” ordeni berilgan.

Taniqli shoira Bibisora Turobova 72 yoshida vafot etdi
15 sentabr 2024, 09:58

Taniqli shoira Bibisora Turobova 72 yoshida vafot etdi

Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, taniqli shoira Bibisora Turobova 72 yoshida vafot etdi. Marhumaning 10 ga yaqin she’riy kitoblari nashr etilgan. Ayniqsa, 2011-yilda yozilgan “O‘lsam, janozamni bulbul o‘qisin” she’ri mashhur.

Taniqli bastakor Musaxon Nurmatov 56 yoshida vafot etdi
9 sentabr 2024, 09:39

Taniqli bastakor Musaxon Nurmatov 56 yoshida vafot etdi

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, taniqli bastakor Musaxon Nurmatov 56 yoshida vafot etdi. U “Yana sog‘indim, yana”, “Meni sevib qolsayding”, “Xabaring yo‘q” kabi qo‘shiqlar muallifi edi.

Mashhur rassom Vladimir Burmakin vafot etdi
3 sentabr 2024, 10:21

Mashhur rassom Vladimir Burmakin vafot etdi

Taniqli rassom Vladimir Burmakin 87 yoshida vafot etdi. U ko‘plab jahonga mashhur suratlar (jumladan, “Boysun madonnasi”) va Toshkentdagi monumental pannolar (“Paxtakor” metro bekati, “Xalqlar do‘stligi” saroyi va boshqalar) muallifi hisoblanadi.

O‘zbekiston xalq artisti Bobomurod Hamdamov vafot etdi
3 sentabr 2024, 06:55

O‘zbekiston xalq artisti Bobomurod Hamdamov vafot etdi

O‘zbekiston, Turkmaniston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti Bobomurod Hamdamov 84 yoshida vafot etdi.

Prezident marhum akademik Behzod Yo‘ldoshevning xonadonida bo‘ldi
29 avgust 2024, 17:26

Prezident marhum akademik Behzod Yo‘ldoshevning xonadonida bo‘ldi

Shavkat Mirziyoyev kecha vafot etgan Fanlar akademiyasi prezidenti, akademik Behzod Yo‘ldoshevning xonadoniga bordi. Davlat rahbari marhumning ezgu ishlarini yodga oldi, uning rafiqasi va farzandlariga hamdardlik bildirdi.

Fanlar akademiyasi prezidenti Behzod Yo‘ldoshev 79 yoshida vafot etdi
28 avgust 2024, 18:06

Fanlar akademiyasi prezidenti Behzod Yo‘ldoshev 79 yoshida vafot etdi

Fanlar akademiyasi prezidenti, fizik olim, professor Behzod Yo‘ldoshev 79 yoshida vafot etdi. Uning ilmiy ishlari yuqori energiyalar fizikasi, yadroviy fizika va elementar zarralar fizikasiga oid bo‘lgan. U Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik (MAGATE)da ilmiy maslahatchi bo‘lib ham ishlagan.

Sud faxriysi Mashkura Safayeva 74 yoshida vafot etdi
21 avgust 2024, 09:31

Sud faxriysi Mashkura Safayeva 74 yoshida vafot etdi

Sud faxriysi Mashkura Safayeva kasallik oqibatida 74 yoshida vafot etdi. U 14 yil Oliy sud sudyasi, fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati raisi, Qonunchilik palatasi deputati, spiker o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Aktyor Alen Delon 88 yoshida vafot etdi
18 avgust 2024, 13:24

Aktyor Alen Delon 88 yoshida vafot etdi

Fransiyaning mashhur aktyorlaridan biri Alen Delon 88 yoshida vafot etdi.

Taniqli dorboz Tursunali Mamajonov 75 yoshida vafot etdi
28 iyul 2024, 16:33

Taniqli dorboz Tursunali Mamajonov 75 yoshida vafot etdi

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, taniqli dorboz va ekolog Tursunali Mamajonov 75 yoshida vafot etdi.

Jurnalist va sobiq hokim Nazirjon Saidov vafot etdi
28 iyun 2024, 09:26

Jurnalist va sobiq hokim Nazirjon Saidov vafot etdi

Jurnalist, Andijon viloyati Oltinko‘l tumaniga 1990−1993-yillarda hokimlik qilgan Nazirjon Saidov 76 yoshida vafot etdi. U “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi” faxriy unvoni, “El-yurt hurmati” ordeni bilan mukofotlangan.

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Malika Qayumova vafot etdi
14 iyun 2024, 09:45

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Malika Qayumova vafot etdi

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Malika Qayumova 70 yoshida vafot etdi. U 1993-yildan buyon Muqimiy nomidagi musiqali teatrda faoliyat ko‘rsatib kelayotgandi.

Turkolog va tarjimon Ramiz Asqar vafot etdi
22 may 2024, 16:50

Turkolog va tarjimon Ramiz Asqar vafot etdi

Yozuvchilar uyushmasi faxriy a’zosi, turkolog va tarjimon Ramiz Asqar 70 yoshda vafot etdi. U Navoiyning “Mahbub ul-qulub” asari va “Xamsa”sini ozarbayjon tiliga tarjima qilib, Bokuda chop ettirgan. “Do‘stlik” ordeni sohibining ozarbayjonchaga o‘girgan “Boburnoma” asari Islom Karimovga sovg‘a qilingan.

Jurnalist Abdurauf Qorjovov 68 yoshda vafot etdi
7 may 2024, 13:47

Jurnalist Abdurauf Qorjovov 68 yoshda vafot etdi

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Abdurauf Qorjovov 68 yoshda vafot etdi. U MTRK tizimida 27 yil davomida ishlagan, shuningdek, so‘nggi yillarda “Yangi O‘zbekiston” gazetasida faoliyat ko‘rsatib kelayotgandi.

Aktyor va rejissyor Abror Tursunov vafot etdi
8 fevral 2024, 09:41

Aktyor va rejissyor Abror Tursunov vafot etdi

“Kulol va xurmacha”, “Chinor ostidagi duel”, “Suyunchi”, “Abdullajon” va boshqa ko‘plab filmlarda rol ijro etgan aktyor va rejissyor Abror Tursunov vafot etdi.

Savdo-sanoat palatasi raisining birinchi o‘rinbosari Islom Jasimov vafot etdi
16 yanvar 2024, 09:39

Savdo-sanoat palatasi raisining birinchi o‘rinbosari Islom Jasimov vafot etdi

Savdo-sanoat palatasi raisining birinchi o‘rinbosari Islom Jasimov 66 yoshida vafot etdi. U 2017-yildan buyon ushbu lavozimda ishlab kelayotgandi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting